Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangicha ko‘rinishdagi o‘rindiq va urnalar paydo bo‘ladi
Tez orada Toshkentda yangicha ko‘rinishdagi o‘rindiq va urnalar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Xalq so‘zi“ poytaxt hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashiga tayanib xabar bermoqda.
Kengashning qayd qilishicha, Toshkentni dam olish uchun qulay maskanga aylantirish hamda o‘rindiqlar va urnalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish maqsadida yangi aksiya o‘tkaziladi. Aktsiya “Shaharga o‘rindiq va urna sovg‘a qil“ deb nomlanadi.
Unga ko‘ra, tadbirkorlar, ishbilarmonlar shaharning istalgan qismiga o‘rindiq va urnalar o‘rnatishi mumkin bo‘ladi. Evaziga ular o‘zlarining logotiplarini qurilgan obektga joylashtirib, uni reklama qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, hokimlik kengashi dizayner, rassomlar va aholidan o‘rindiq va urnalarning qanday ko‘rinishda bo‘lishi bo‘yicha takliflarni ham so‘ragan. Istagan ko‘ngilli mazkur tadbirda ishtirok etishi va o‘z mahsulotini reklama qilishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025