Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya OAV: "Zenit" raketalar majmuasi Qozog‘istonga beriladi
"Zenit" raketalar majmuasining Qozog‘istonga berilishini yuridik jihatdan mustahkamlovchi hujjatlar 2018 yilning kuzida bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida imzolanadi. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligining aerokosmik qo‘mitasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
"Ha, "Boyqo‘ng‘ir" majmuasi bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak oltinchi yig‘ilishida "Zenit" kosmik raketa majmuasi obektlarini Rossiya Federatsiyasi ijarasi tarkibidan chiqarish bo‘yicha dalolatnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda", — deyilgan qo‘mita tomonidan hamda hukumatlararo komissiya yig‘ilishi 2018 yil sentabr-oktabrida o‘tkazilishi rejalashtirilgani ma'lum qilingan.
Qozog‘iston tomoni mazkur majmuani "Soyuz-5" raketalariga moslab modernizatsiya qilishi va buning uchun 314 million dollar sarflashi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025