O‘zbekiston | 11:24 / 28.07.2018
9728
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Noqonuniy muhojirlarning Yevropaga qadam qo‘yganidan so‘ng qochishi 

Daily Mail nashri Youtube’da Afrika mamlakatlaridan kelgan muhojirlar Ispaniya sohillariga yetib kelishlari bilan har tomonga tarqalishgani aks etgan videoyozuvni e'lon qildi.

Videotasvirda puflama qayiqda 30 kishidan iborat guruh Ispaniyaning Alxesiras port shahri yaqinidagi plyajga yetib kelishgani aks etgan. Muhojirlar qirg‘oqqa tushishlari bilan sohil qo‘riqchilari qo‘liga tushmaslik uchun plyaj bo‘ylab har tomonga qocha boshlashadi.

Nashrning yozishicha, keyingi haftada shu yo‘l bilan Ispaniya sohillariga 1600dan ortiq muhojir kelib tushgan. Qayd etilishicha, muhojirlar Marokash sohilidan yo‘lga chiqishadi va puflama qayiqlarda Gibraltar bo‘g‘ozini kesib o‘tishadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid