Sport | 16:54 / 28.07.2018
19849
2 daqiqa o‘qiladi

Jasur Matchanov: «Rahbarlar lavozimini yo‘qotishdan qo‘rqib, muammolarni aytmaslikka o‘rganib olgan»

Foto: MOQ axborot xizmati

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov tizimdagi og‘riqli nuqtalarni ko‘tarib chiqadigan rahbarlarga nisbatan yuqori tashkilotlar tomonidan salbiy munosabatda bo‘linmasligi, aksincha, bunday rahbar xodimlar rag‘batlantirilishi to‘g‘risida aytib o‘tdi. Bu haqda Osiyo o‘yinlari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Muammo ko‘tarib chiqilmasa, hech kim uni hal qilmaydi. Muammoni ko‘tara bilishimiz kerak», - deya fikr bildirdi MOQ rasmiysi.

«Rahbarlar o‘z lavozimidan qo‘rqib, muammolarni aytib chiqmaslikka o‘rganib olgan. Joy hech kimniki emas. Bu sport sohasi bo‘ladimi, boshqa sohami – muammoni ko‘targan rahbarga hech qachon xayfsan berilmagan. Muammoni to‘g‘ri ko‘tara bilgan har bir rahbarga rag‘batlantirish qilingan. Chunki o‘sha yerni o‘zida rahbariyat bu muammoni yaxshi biladi», - dedi qo‘mita bosh kotibi.

Mavzuga oid