«So‘g‘diyona» Qo‘qonda qanday «o‘ldirildi» - bahsli penalti videosi
Superliganing 19-turida «Qo‘qon-1912» Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
82-daqiqada, hisob 1:1 bo‘lib turgan vaziyatda, mezbonlar futbolchisi Quvondiq Ro‘ziyev jarima maydoniga kirib borib, yiqildi. Vaziyatga yaqin turgan bosh hakam Ahrol Risqullayev esa zudlik bilan penalti belgiladi. Murod Xolmuhamedov 11 metrli nuqtada adashmadi hamda jamoasiga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.
O‘yinning sharhiga bag‘ishlangan videoda bu vaziyatni 3-daqiqa 50-soniyadan boshlab ko‘rish mumkin. Ro‘ziyev katta tezlikda jarima maydoniga kirgan va chiroyli tarzda «sho‘ng‘igan». Uni ta'qib qilib kelayotgan himoyachi esa hech qanday qo‘pollik qilmagan. Penalti belgilanganidan so‘ng, jizzaxlik futbolchilar hakamning nohaq qaroridan g‘ayritabiiy ravishda qattiq darg‘azab va norozi bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Qayd etish kerakki, qo‘qonliklar ushbu mavsumda sakkizinchi marta penaltidan gol urmoqda. Jamoaning mavsumda urgan gollarining qariyb yarmi hakamlar 11 metrli nuqtani ko‘rsatganidan keyin urilgan.
Mavzuga oid
15:05 / 12.08.2023
Farg‘onadagi o‘yinda dam solingan «muqaddas suv» mojarosi: Mitrovich nega jazavaga tushdi?
14:11 / 12.08.2023
Farg‘onada serbiyalik darvozabon yosh bolalarni so‘kdi, o‘yindan keyin hakamlarga «bakalajka» otildi
17:06 / 31.07.2023
Boshkovich sobiq klubini yengdi, rossiyalik murabbiyda omadsiz debyut – fotojamlanma
18:58 / 26.01.2023