Jahon | 23:19 / 31.07.2018
4344
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda 39 nafar ekstremist umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

Foto: AP

Misrning Asyut viloyati sudi mamlakatda taqiqlangan «Musulmon birodarlar» harakatining 39 a'zosini umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Ular Muhammad Mursiy hokimiyatdan chetlatilganidan so‘ng, odamlarni zo‘ravonlik tadbirlarida ishtirok etishga da'vat qilganlikda aybdor deb topilishdi, deb xabar beradi «Yavm7» portali.

Ayni paytda «Musulmon birodarlar» guruhining deyarli barcha yetakchilari qamoqqa olingan. Ular davlat ustunlarini yo‘q qilishga urinish va Qohiraning Robia al-Adaviya dahasidagi namoyishchilar tarqatib yuborilgach, mamlakatda tartibsizliklarni vujudga keltirishga urinishda aybdor deb topilganlar.  

Eslatib o‘tamiz, 2013 yili prezident Muhammad Mursiy hokimiyatdan chetlatilgach, «Musulmon birodarlar» harakati Robia al-Adaviya maydonida ko‘p kunlik namoyish uyushtirgandi. Shundan so‘ng, Misr xavfsizlik kuchlari barcha namoyishchilarni kuch ishlatib, tarqatib yuborgandi.

Mavzuga oid