O‘zbekiston | 22:40 / 31.07.2018
42446
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbari o‘zgardi

2008 yildan buyon «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga rahbarlik qilib kelgan Aleksandr Kasimovich Farmonov lavozimini tark etgan. «Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, u boshqa rahbarlik lavozimiga o‘tkazilgan.

Foto: Aleksandr Farmonov Olmaliqdagi yangi konga tamal toshi qo‘yish marosimida prezidentga hamrohlik qilmoqda

Endilikda OKMKga 2017 yil avgustidan buyon Bekoboddagi «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga bosh direktor bo‘lib kelgan Abdullo Xolmurodovich Xursanov rahbarlik qiladi.

Abdullo Xursanov 1966 yilda tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Foto: Abdullo Xursanov

U «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» rahbarligiga kelishdan oldin «Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktorining istiqboldagi rivojlanish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.

1958 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Aleksandr Farmonov 1975 yildan buyon metallurgiya sanoatida ishlab kelgan. U 1985-1995 yillarda Bekobod sement kombinatida direktor bo‘lgan, 1995 yildan 2008 yilgacha «O‘zbekiston metallurgiya kombinati»ga rahbarlik qilgan, 2008 yilda «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» OAJ bosh direktori, 2017 yildan «Olmaliq KMK» AJ boshqaruvi raisi bo‘lgan.

Mavzuga oid