Sport | 15:40 / 31.07.2018
48303
2 daqiqa o‘qiladi

Sport vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

Nabiyev Dilmurod Hamidullayevich. KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Nabiyev Dilmurod Hamidullayevich yangi rahbar etib tayinlandi. Bu ma'lumot «Kun.uz»ning ishonchli manbasi tomonidan tasdiqlandi.

Dilmurod Nabiyev 2017 yilning iyunidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgandi.

U biroz avvalroq ishdan ketgan Shoakram Isroilov o‘rnini egalladi.

Shoakram Isroilov. Foto: KUN.UZ

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov lavozimni tark etib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov uning o‘rnini egallagan, mart oyi boshida qo‘mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilgan, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo‘lgandi.

Mavzuga oid