Jamiyat | 11:46 / 31.07.2018
25874
6 daqiqa o‘qiladi

“Tashkent Sity” XIM (Xalqaro Ishbilarmonlik Markazi) qaysi mablag‘ evaziga qurilmoqda?

Foto: Tashkent Sity

Poytaxtimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirishi kutilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘zining ko‘lamdorligi hamda atrofida kechayotgan bahs-munozaralari bilan jamoatchilikning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Bular – ayniqsa, ulkan innovatsion inshootlar barpo etilayotgan O‘qchi va Olmazor mahallalari aholisini ko‘chirtirishdan boshlab, qurilishga sarflanayotgan moliyaviy mablag‘ga ham taalluqli. 

Jarayon bir lahza ham tingani yo‘q: yuk mashinalari karvoni tun-u kun bunyod etilayotgan Tashkent City hududiga tonnalab tuproq, shag‘al, qum va boshqa qurilish ashyolarini tashiyapti; chiqitlar olib chiqib ketilmoqda. Ammo ma'lumotlar juda kam, qurilish tevaragi ulkan chodirlar bilan o‘rab qo‘yilgan, obekt ishchi-xodimlari esa bu borada izoh berishni ko‘p ham istashmaydi.

Rasmiy ma'lumotlar esa juda kam. Axir 80 gektarlik maydonda katta o‘zgarishlar bo‘ladiyu, gap so‘z urchimay qoladimi? Elning og‘ziga esa elak tutib bo‘lmaydi. Yoki loyiha haqiqatan ham “yopiq eshiklar” mazmunida amalga oshirilayaptimi? Odamlarning gap-so‘zlariga quloq tutamiz:

“Loyiha davlat byudjyeti hisobidan qurilmoqda!”

“Tashkent Cityda aslida barcha inshootlar buzilib, o‘rnida hech narsa qurilmayapti!”

“Tarixiy-me'moriy yodgorliklar va yana boshqa ko‘p binolarni buzishdi!”

“Ko‘p yillik daraxtlar... Ularni bitta ham qoldirmay ildizi bilan qo‘porib tashlashdi!”

Sizga tanish bo‘lgan mushohadalarmi?

Bu jamoatchilikning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan fikrlari. Yanayam aniqroq aytsak, siz bilan bizning ayni paytda his-hayajonga yo‘g‘rilgan mulohazalarimiz. Xo‘sh, bu qabildagi fikrlar paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘ldi?

Keling, shular to‘g‘risida suhbatlashaylik VA...

Avvalboshdan muddaoga ko‘chaylik – “Tashkent Sity” XIM jamoasi o‘zining barcha “sir-asrorlarini ochish”ga tayyor! Biz shaffoflik tarafdori. Shu bois jamoatchilik vakillari fikrini inobatga olgan holda ochiq muloqotga tayyormiz va amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va istiqboldagi rejalarni bayon etishga har doim tayyormiz. Agar kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, bu borada axborot materiallari chop etilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda esa maxsus sahifalar faoliyat ko‘rsatayotir, binokorlikning muhim jihatlarini keng jamoatchilik e'tiboriga havola qilish barobarida uchrashuv va bahs-munozaralarda bildirilgan asosli g‘oyalar inobatga olinayapti. Ularning natijalari esa, albatta tatbiq etilmay qolmaydi.

Endi, yuqorida keltirilgan ayrim uchquyruq savollar haqida.

Aytish kerakki, loyiha davlatimiz rahbarining shaxsan nazorati ostida. U mahalliy hamda xorijiy investorlarning sarmoyalari hisobiga barpo qilinmoqda. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining sohaga oid № 559 qaroriga muvofiq davlat tomonidan mablag‘ ajratilmagan.

Shaharsozlik hujjatlari, me'moriy konsepsiyalar, muhandislik loyihalari ushbu qarorga muvofiq kiritilgan sarmoyalar asosida ishlab chiqilmoqda. Shahardagi ishbilarmonlik muhitini yaratishda qurilishga bevosita mahalliy hamda xorijdagi mehnat bozorining eng oldi muhandislari, loyihachi, arxitektorlari va boshqa mutaxassislar jalb qilingan. Ularning moliyaviy ta'minlanishi xam xususiy investorlar mablag‘i hisobidan amalga oshirilmoqda. Bu huquqiy maqomda belgilab qo‘yilgan.

Hudud 8 alohida maydonga ajratilib, ularning har birida ishlar turli muddatda 2021 yilgacha tugatilishi belgilangan. Unda Germaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya yirik kompaniyalarining alohida investorlari faoliyat olib borishmoqda.

 “Tashkent Sity” XIMning loyihasining dastlabki konsepsiyasi Angliyaning me'moriy kompaniyasi «ARUP» tarafidan ishlab chiqilib, u 4 yil muddatga mo‘ljallangan. Loyihaning ilk konsepsiyasi boshqa kompaniyalar tomonidan xam yaratilgan, biroq Davlat rahbari  tomonidan aynan shu variant tanlandi. Qisqa vaqt ichida shaxarning markazida o‘z imkoniyatlari va istiqbollari bilan odamlarni hayratga soladigan zamonaviy City qurib, yirik tadbirkorlarni O‘zbekistongajalb qilgan holda ular uchun ijobiy sarmoyaviy muhitni shakllantirish “Tashkent city” XIMning oldiga qo‘ygan vazifalaridan biridir. 

“Tashkent Sity” XIM to‘g‘ri ma'noda hozir va kelajakda biz bilan faoliyat olib borishni istagan xorijlik investorlar uchun o‘ziga xos ko‘zgu hisoblanadi. Garchi, barcha lotlar band bo‘lishiga qaramay, innovatsion loyihani moliyalashtirishni istovchilar soni hali talaygina. Qurilish ishlari jadal sur'atlar bilan ketayotgan bo‘lsada, investorlarning tashriflari, uchrashuvlar, kelishuvlar hali davom etmoqda. To‘g‘risini aytish kerak, sarmoyasini mazkur loyihaga ishlatmoqchi bo‘lganlarning ba'zilari xozircha qurilish ishlarini diqqat bilan kuzatib turishibdi, ba'zilar esa loyihani sinchkovlik bilan qayta-qayta o‘rganib sarmoya tikishdan avval o‘z takliflarini berishmoqda.  Sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan yangi investorlarga  esa shahardagi yangi loyihalar taklif etilmoqda. Eng muhimi “Tashkent City” XIMning barpo etilishi xech bir ishbilarmonni beparvo qoldirmadi. Zero, ushbu loyiha bugungi O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritmoqchi bo‘lganlar uchun, xaqiqiy namuna va kuzatuv platforma vazifasini xam bajaryapti.

“Tashkent Sity” XIM – mamlakat yangi iqtisodiy rivojlanish bosqichida to‘liq investitsiya kiritishning ilk innovatsion maydoni bo‘lib, unda yangi investitsion g‘oyalar jamlanadi va amalda shakllantiriladi.

Mavzuga oid