Jahon | 10:08 / 01.08.2018
3658
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya bosh prokuraturasi mamlakat sobiq prezidentini qamoqda qoldirishni so‘ramoqda

Foto: EPA-EFE

Braziliya bosh prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvani qamoqxonada qoldirishni so‘ramoqda, deb xabar qildi EFE agentligi.

Agentlikning bildirishicha, bosh prokuror Rakel Doj oliy sudga Lula himoyachilarining sobiq prezidentni ozodlikka chiqarish to‘g‘risidagi apellyatsiyasini rad etishni so‘rab murojaat qilgan.

Lula aprelda Kuritiba shahriga olib kelingan va korrupsiya ishi bo‘yicha qamoq jazosini o‘tay boshlagandi. U yanvarda 12 yil-u bir oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Avvalroq sobiq prezident Petrobras neft kompaniyasidagi korruptsion sxemaga aloqadorlikda gumonlangandi. Braziliya hukumatining ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur korruptsion sxema ishtirokchilari 3,8 milliard dollarga yaqin mablag‘ni qo‘lga kiritishgan.

Mavzuga oid