Sport | 17:27 / 01.08.2018
15938
1 daqiqa o‘qiladi

O‘n yoshli suzuvchi 23 karra olimpiya chempioni Felpsning rekordini yangiladi

AQShda o‘n yoshli Klark Kent amerikalik afsonaviy suzuvchi Maykl Felpsning rekordini yangiladi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.

Yosh sportchi Uzoq G‘arb birinchiligida 100 metrlik masofani batterflyay usulida 1 daqiqa-yu 9,38 soniyada suzib o‘tdi, shu tariqa u 33 yoshli Felpsning 1995 yilda o‘rnatilgan natijasini qariyb bir soniyaga ortda qoldirdi.

Bellashuvlarda Kent «Supermen» laqabini oldi, uning murabbiysi esa, bunday iste'dod bilan hech qachon uchrashmaganligini ma'lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid