Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan O‘zbekiston jamoasiga o‘tgan suzuvchi Olimpiadaga yo‘llanma oldi
Ilya Sibirsev 800 metrga suzish musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Rossiya terma jamoasidan O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tgan suzuvchi Ilya Sibirsev 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi. Bu haqda Match TV xabar berdi.
Sportchi Vankuverdagi musobaqada 800 metrga suzish bo‘yicha saralash shartlarini bajardi. U masofani 7 daqiqa 50,05 soniyada suzib o‘tdi.
Ilya Sibirsev 2019 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining kumush va bronza medali sovrindori, o‘sha yili u Yevropa chempioni bo‘ldi.
Rossiyalik sportchilarning barcha musobaqalardan chetlatilgani bois, 2024 yil boshida O‘zbekiston terma jamoasi safiga o‘tdi.
Mavzuga oid
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev
18:10 / 12.09.2024
O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdorlari tomonidan 2 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ talon-toroj qilindi
21:04 / 07.09.2024