Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
E-VISA statistikasi bo‘yicha Xitoy, AQSh va Britaniya yetakchilik qilmoqda
2018 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kirish elektron vizalarini so‘rab murojaat qilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari soni 2784 nafarni tashkil qildi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bu haqida KUN.UZ'ga xabar berdi.
E-VISA.GOV.UZ saytiga murojaat qilgan xorij fuqarolarining 2297 nafari shu kunga qadar vizani qo‘lga kiritgan, 487 murojaat esa ko‘rib chiqilmoqda. Murojaatlarni bekor qilish holatlari qayd qilinmagan.
Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 41 mamlakat ichida Xitoy (533), AQSh (361) va Buyuk Britaniya (335) yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, statistikaga ko‘ra, Hindiston (264), Fransiya (184), Germaniya (138), Avstraliya (129), Polsha (116), Ispaniya (101), Italiya (100) kabi mamlakatlardan kelayotgan murojaatlar ham talaygina.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025