Olib qochilgan ikkita “Neksiya” bir odamning uyidan topildi

Illyustrativ foto
Samarqand shahrida shu yil 14 iyul kuni noma'lum shaxs “Dahbedi” MFYda joylashgan “Shodiyona” savdo majmuasi oldida qarovsiz qoldirilgan Samarqand tumanida yashovchi U.K.ga tegishli kul rang “Neksiya” rusumli avtomashinasini haydab qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumanida yashovchi G‘.X. sodir etganligi aniqlanib, uning yashash uyidan “Neksiya” avtomashinasi texnik soz holda topilgan.
Shuningdek, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu yil 26 iyul kuni Samarqand shahri “Shodiyona” savdo majmuasi oldida qarovsiz qoldirilgan fuqaro Z.B.ga tegishli bo‘lgan yana bir “Neksiya” rusumli avtomashinasini ham G‘.X. haydab qochgani ma'lum bo‘lgan va ushbu “Neksiya” ham uning yashash uyidan texnik soz holda topilgan.
“Shu o‘rinda, o‘z fuqarolik burchini bajarib, mazkur o‘g‘irlik yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga xabar bergan yurtdoshlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

18:50 / 05.04.2025