Jahon | 09:49 / 02.08.2018
6247
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya hukumati Halabni qayta tiklashga kirishdi

Foto: RIA Novosti

Suriya hukumati jangarilardan ozod qilingan Halab viloyatidagi aholi punktlarini tiklash bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishga kirishdi. Bu haqda RIA «Novosti» viloyat gubernatori o‘rinbosari Hamid Kyuynoning bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«Davlat dasturida uch bosqich mavjud. Birinchidan, biz infratuzilmani tayyorlashimiz kerak, chunki odamlar suv va elektr energiyasiz yashay olmaydi. Ikkinchi bosqich - maqsadli yordam, biz har bir oilaning ehtiyojlarini aniqlamoqdamiz. Uchinchisi - aholini uylariga qaytarishdir, ularga hozir bu yerda xavfsiz ekanligini tushuntirishimiz kerak», - deydi Kyuyno.

Ta'kidlanishicha, qaytib kelgan qochqinlar qishloq xo‘jaligida faol ishtirok etib, o‘z uylaridagi tomorqa yerlarini tiklashmoqda, bu esa oziq-ovqat manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, viloyatda o‘quv jarayonini imkon qadar tezroq davom ettirish uchun maktablarni faol ravishda qayta tiklashmoqda.

Mavzuga oid