Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Vengriyaga «nodo‘stona qadamlar» tufayli protest bildirdi
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi 31 iyul kuni Vengriya Ukrainadagi muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili Laslo Papga mamlakatning «nodo‘stona qadamlari» tufayli protest bildirdi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina tomonining «qat'iy protesti» vengriyalik diplomatga Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Ukraina Yevrointegratsiya va Yevroatlantik intilishlari to‘g‘risidagi so‘nggi bayonotlari munosabati bilan bildirildi. Ukraina bundan norozi bo‘lib, «nodo‘stona qadamlar»ni to‘xtatishni talab qildi, ular «ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi».
Ta'kidlanishicha, vengriyalik diplomatga nota topshirilgan va Zakarpate oblasti rivojlanishi bo‘yicha vazir lavozimi ta'sis etilishi hamda Karpat havzasida bolalar bog‘chalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilish munosabati bilan izoh berish talab qilindi. Kiyevning fikricha, «Ukraina suveren hududining bir qismi» Vengriya manfaatlari zonasiga tushdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025