Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp kompaniyalardan mijozlariga xabar jo‘natgani uchun pul oladi
WhatsApp messenjeri foydalanuvchilarga reklama va xabarlar jo‘natgani uchun biznes foydalanuvchilardan pul olishni boshlaydi. Bu haqda Reuters kompaniya bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Bitta xabar narxi mamlakatiga qarab 0,5 sentdan 9 sentgacha bo‘ladi.
WhatsApp orqali xabar jo‘natish SMS jo‘natishdan ko‘ra qimmatroqqa tushadi, deb qayd etdi Reuters. Pullik xizmat haqida batafsil ma'lumot oshkor etilmayapti — WhatsApp hozircha WhatsApp Business dasturini sinovdan o‘tkazmoqda va ariza bergan kompaniyalarni bu dasturga ulamoqda. WhatsApp blogida yozilishicha, «ayrim» xabarlar pullik bo‘ladi.
WhatsApp kompaniyalar uchun ilovasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida ilk bor 2017 yil sentabrda xabar qilingandi. O‘shanda TechCrunch nashri messenjer egasi bo‘lgan Facebook kichik biznesga bepul xizmat ko‘rsatishini va yirik korporatsiyalardan esa pul olishini taxmin qilgandi.
Mavzuga oid
17:53 / 07.05.2025
AQSh sudi Pegasus josuslik dasturini yaratgan Isroil kompaniyasini 170 mln dollar jarimaga tortdi
21:44 / 04.03.2025
Saudiya Arabistoni banklariga mijozlar bilan WhatsApp orqali muloqot qilish taqiqlandi
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
09:53 / 21.12.2024