Toshkent IIBB internetda tarqalgan mojaroli videoga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB xodimlarining ikki yigit va bir nafar qizni tartibga chaqirib, ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini ko‘rsatishini va ichki ishlar bo‘limiga borishini so‘rab murojaat qilgani muhrlangan videolavha tarqaldi.
Ushbu videotasvirlar shuningdek, qator saytlar tomonidan ham e'lon qilinib, ko‘plab o‘quvchilarning muhokamalariga sabab bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBBning ma'lum qilishicha, 2018 yilning 5 iyulidan 6 iyuliga o‘tar kechasi, soat taxminan tungi 3:30da 26 yoshli B.Artyom, 21 yoshli F.Nikita hamda 23 yoshli S.Aleksandralar mast holda Yunusobod tumanining Istiqlol ko‘chasi avtomobil qatnov yo‘lidan yurib, transportlar qatnoviga xalal berishgan, odamlar orom olayotgan vaqtda shovqin ko‘tarib, jamoat tartibini buzganlar.
Voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari yoshlarni qatnov qismini tark etib, trotuardan yurishga chaqirishgan. Biroq ular xodimlarning talabini bajarishdan bosh tortishgan, shuningdek shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni ham istashmagan. Ulardan ikki nafari hujjatlari yonida emasligini aytgan bo‘lsa, Artem pasportini huquq posbonlarining qo‘liga bermagan.
Shundan so‘ng, ulardan xodimlar bilan birga ichki ishlar bo‘limiga borishlari so‘raldi. Biroq, qoidabuzarlar qonun himoyachilarining qonuniy talablarini rad etishdi. Qolaversa, axloq-odob chegarasidan o‘tib, o‘zlarini tuta bilishmadi, deyiladi xabarda.
Shunga ko‘ra, uchala huquqbuzarga nisbatan ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilgan. O‘z navbatida, Yunusobod tuman ma'muriy sudi B.Artyomni O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasiga («Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») muvofiq aybdor deb topib, unga nisbatan jarima belgilash haqida qaror qabul qildi. Qolgan ikki nafar huquqbuzarlarga esa ogohlantirish berilgan.
Mavzuga oid
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024