Jamiyat | 19:17 / 04.08.2018
25345
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda fohishaxona saqlagan erkak kishiga hukm o‘qildi

Illyustrativ foto

2018 yil iyul oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudi “Ko‘ksaroy”MFY binosida ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Suj majlisi sudya A.Jalilovning raisligida o‘tkazildi. Sudlanuvchi Azimov Oybek Odiljon o‘g‘liga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, O.Azimov 2018 yil 30 may kuni soat 13:30larda, o‘zi vaqtincha yashab kelayotgan Toshkent shahar Uchtepa tumani “Chilonzor” mavzesi 22-dahada bo‘la turib, o‘zi ijarada turgan xonadonda manfaatdorlik evaziga fuqaro Toshturdiyev Nomoz Habibullayevich va Xiriyeva Shoxruza Isroilovnalarga “sharoit” yaratib berib, buning evaziga Sh.Xiriyevadan 100.000 so‘m pul olib, fohishaxona tashkil qilgan.

 Sud O.Azimovga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 131-moddasining 2-qismi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) va JKning 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, eng kam oylik ish haqining baravari miqdorida, ya'ni 5.167.200 so‘m jarima jazosini tayinladi.

Hukmdan norozi taraflar shikoyat yoki protest bildirishga haqliligi tushuntirildi

Mavzuga oid