O‘zbekiston | 22:49 / 04.08.2018
19197
2 daqiqa o‘qiladi

UZCARD: karta egasi PIN-kodni o‘zi kiritishi lozim

UZCARD banklararo to‘lov tizimi karta egalarini to‘lovni amalga oshirishda karta PIN-kodini o‘zlari mustaqil kiritishlariga chaqirdi.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda turizm sohasi kundan-kunga rivojlanib borayotgan bir davrda, har bir davlat organi sayyohlarga sifatli va xavfsiz xizmatlarini taqdim  etishi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. 

O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar zaruriyat tug‘ilganda xalqaro plastik kartalardan foydalanadi. 

“Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlardan PIN-kodni og‘zaki aytish so‘rovlariga hayron bo‘lib qarashlari tabiiy, sababi bunday so‘rov ularning ko‘zi oldida o‘g‘irlikni sodir etish bilan tengdir. Bunday holatga ro‘paro kelgan sayyoh ushbu savdo punktida plastik karta orqali to‘lov o‘tkazmaslikka, balki bankomat yordamida yoki bankda ma'lum pul miqdorini naqdlab olishga qaror qilishi tabiiy. Biroq, “qora bozorga” murojaat qilishi ham bundan mustasno emas.”, - deyiladi kompaniya murojaatida.

Shu sababli kompaniya bank vakillari va karta egalarini plastik kartadan foydalanish madaniyatini shakllantirish  bosqichida faol ishtirok etishga chaqiradi hamda karta PIN-kodini mustaqil kiritish kerakligini ta'kidlaydi.

Mavzuga oid