Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Namanganda ham ulkan bayroq o‘rnatildi
Namangan shahri markazidagi Islom Karimov va G‘irvonsoy ko‘chalari kesishmasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i o‘rnatildi.
«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, 5x10 metr hajmdagi bayroq 1 avgust kuni Namanganning mahalliy aholisi tilida «tanka» deb nomlanadigan, avval yodgorlik tank o‘rnatilgan tepalikka o‘rnatildi. 35 metr balandlikda hilpirayotgan bayroq yangi qurilayotgan «Afsona» mega istirohat bog‘idan yaqqol ko‘rinib turadi.
Namanganlik tashabbuskor tadbirkor Ma'rufxon Mo‘minov tomonidan Navro‘z bayramida tashkil etilgan Megasumalak loyihasi bilan birga taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i o‘rnatish g‘oyasi shahar hokimligi tomonidan ma'qullandi va amalga oshirildi.
Dastlabki loyihaga ko‘ra, bayroq yonida «Namangan Kitob Olami» tomonidan Book Café qurish va atrofni obodonlashtirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025