Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiyalik velopoygachi Zabelinskaya musobaqalarda O‘zbekiston nomidan chiqmoqchi
Shosse velopoygasi bo‘yicha Olimpiada o‘yinlarining kumush va ikki marta bronza medallari sovrindori, rossiyalik Olga Zabelinskaya sport fuqaroligini o‘zgartirmoqchi va O‘zbekiston terma jamoasi safida musobaqalarda ishtirok etmoqchi. Bu haqda Rossiya velosiped sporti federatsiyasidagi manbaga tayanib TASS xabar qildi.
2012 yilgi London Olimpiadasida u ikkita bronza medalini qo‘lga kiritgan. Braziliyada o‘tgan navbatdagi Olimpiadada u kumush medalga sazovor bo‘lgan. U keyingi ikkita Olimpiada o‘yinlarida shosse velopoygalarida sovrinli o‘rinlarni egallagan rossiyalik yagona sportchi hisoblanadi.
«Zabelinskaya boshqa mamlakat nomidan musobaqalarda qatnashishga qaror qildi. U O‘zbekiston sharafini himoya qilishini bildirib ariza yozgan. U nega bunday qildi? Aftidan, yetarlicha qo‘llab-quvvatlashni sezmayapti», - degan agentlik manbasi.
Zabelinskaya o‘tgan galgi o‘yinlarda kumush medalni qo‘lga kiritganidan so‘ng navbatdagi maqsadi 2020 yilgi Olimpiadada oltin medal olish ekanligini aytgandi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024