Mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hukumat tomonidan rag‘batlantirilmoqda
O‘zbekiston hukumati tadbirkorlarning mehmon uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yishini rag‘batlantirmoqda, Bosh vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining shu haqidagi qarorini imzoladi. Bosh vazirning o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook sahifasida shu haqida ma'lum qildi.
Oilaviy mehmon uyi – bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha bo‘lgan mehmon (sayyoh)ni vaqtinchalik yashash va oziq-ovqat bilan ta'minlash xizmatlarini taqdim etuvchi xususiy uy xo‘jaligi, bunda uy egalari ushbu uyda sayyohlar bilan birga yashashi ko‘zda tutiladi. Bir kishi uchun 3 m kv hisobidagi turar-joy – oilaviy mehmon uyini tashkillashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Qarorda bu joylashuv vositalariga qo‘yiladigan talablar belgilab berilgan.
Oilaviy mehmon uylari xizmatlari individual tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Mehmon uylarini ro‘yxatga olish va Yagona reyestrning yuritilishi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oilaviy mehmon uylarining xizmatlarini sertifikatsiyalash uchun soddalashtirilgan tizim yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu mehmon uyini o‘rganish hujjati asosida ularni Oilaviy mehmon uylari Yagona reyestriga kiritish va tegishli ma'lumotnomani berish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Tijorat banklariga Oilaviy mehmon uylari Yagona reyestriga kiruvchi individual tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari arizasiga ko‘ra ularga imtiyozli sharoitlarda kreditlar ajratish tavsiya qilinadi. Kredit eng kam oylik ish haqining 300 baravari miqdorida, besh yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davrga beriladi.
Mavzuga oid
18:12 / 28.11.2024
Endi Arktika yaqinroq. Grenlandiyada yangi xalqaro aeroport ochiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
13:24 / 21.11.2024