Jamiyat | 15:23 / 07.08.2018
14940
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda 1921 yilgi «Nagan» to‘pponchasini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan tezkor ma'lumotni o‘rganish asnosida jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida yashovchi Y.Zulfiya ismli shaxs uyini ta'mirlash vaqtida yerto‘ladan topib olgan 1921 yilga oid «Nagan» to‘pponchasini 500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov jarayonida 49 yoshli ushbu ayolni jinoyat sodir etishga nima majburlagani, uning sabab va omillariga aniqlik kiritiladi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024