Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» «Lion»ni taslim etdi, «Liverpul» «Torino»dan ustun keldi
«Chelsi» va «Liverpul» yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida so‘nggi nazorat o‘yinlarini o‘tkazdi.
Ikkin kun muqaddam Angliya Superkubogi uchun bahsda «Manchester Siti»ga mag‘lub bo‘lgan (0:2) «Chelsi» Londondagi «Stemford Brij»da Xalqaro chempionlar kubogi o‘yinida «Lion»ni penaltilar bo‘yicha taslim etdi (asosiy vaqt - 0:0, penaltilar bo‘yicha - 5:4).
«Liverpul» ham o‘z maydonida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Qizillar «Enfild»da «Torino»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. «Liverpul» tarkibida hujumchilar Roberto Firmino va Deniyel Starrij, shuningdek, yarim himoyachi Jorjino Veynaldum gol kiritgan bo‘lsa, «Torino»dan forvard Andrea Belotti o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Chelsi Angliya – Lion Fransiya 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 5:4
Chelsi – Bulka (Grin, 74), Kristensen (Keyxill, 74), Emerson (Alonso, 74), Dzappakosta (Aspilikueta, 74), Ampadu (Ryudiger, 74), Loftus-Chik (Barkli, 59), Mozes (Pyazon, 68), Drinkuoter (Kante, 59), Bakayoko (Jorjino, 59), Villian (Azar, 68), Abraxam (Jiru, 68).
Lion – Antoni Lopesh, Morel, Mendi, Marselo, Dyubua (Rafael, 66), Ndombele (Diop, 66), Auar (Ferri, 79), Depay (Tete, 79), Tuzar, Traore(Guiri, 86), Dias (Tere, 65).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.
Liverpul Angliya – Torino Italiya 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 21 Firmino, 2:0 – 24 Veynaldum, 2:1 – 31 Belotti, 3:1 – 87 Starridj.
Liverpul – Alisson (Karius, 73), Moreno (Robertson, 46), Aleksander-Arnold (Klayn, 63), van Deyk (Ingz, 46), Fabino (Xenderson, 70), Keyta(Djons, 46; Rafael Kamashu, 89), Mane (Shakiri, 46), Veynaldum (Gruyich, 46), Phillips (Djonston, 88), Firmino (Starridj, 46), Salax (Lallana, 46).
Torino – Sirigu, Bremer, Itstso (Moretti, 68), Nkulu (Ferigra, 88), de Silvestri (Paridjini, 88), Rinkon (Lukich, 80), Bazelli (Ansaldi, 70), Berenger (Valdifori, 79), Meyte, Yago Falke (Edera, 59), Belotti (Nyang, 79).
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025