Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asadning turmush o‘rtog‘i onkologik kasallik bilan shifoxonaga joylandi
Suriya prezidentining turmush o‘rtog‘i Asma Asad Damashqda ko‘krak bezidagi xavfli o‘simta sabab shifoxonaga joylandi. Bu haqida mahalliy SANA agentligi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘simta erta bosqichda aniqlangan.
Suriya Arab Respublikasi Prezident ma'muriyati Facebook'dagi sahifasi orqali birinchi raqamli xonimga tezda sog‘ayib ketishga doir tilak bildirilgan. Xabardagi suratda Bashar Asad shifoxona palatasida turmush o‘rtog‘i bilan aks ettirilgan.
Asma Asad 1975 yilda Londonda tug‘ilgan. U Suriyadan tashqari Buyuk Britaniya fuqarosi hamdir. Asma London universitetini a'lo baholarga tugatgan, keyin AQSh va Yevropaning yirik banklarida faoliyat yuritgan.
2000 yilning oxirida u Bashar Asadga turmushga chiqqan. Juftlikning uch nafar farzandi (ikki o‘g‘il va bir qiz) bor.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
19:09 / 19.05.2025