Isroilda timsohlar tufayli xalqaro nizo kelib chiqishidan xavotirga tushishmoqda
Isroil hukumati timsohlar qochib ketishi ehtimoli tufayli xalqaro nizo kelib chiqishidan xavotirlanmoqda. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Timsohlar Isroil va Iordan daryosining g‘arbiy sohili – Falastinning bir qismini ajratib turadigan Iordan daryosiga bundan 20 yil avval keltirilgandi. Ular bu hududga sayyohlarni jalb qilishi rejalashtirilgandi, ammo isroilliklar va falastinliklar nizosi sababli bu reja amalga oshmadi.
Telekanalning xabar berishicha, timsohlar hali ham yopiq fermada yashab ko‘payib kelmoqda. Hududda tez orada minglab timsohlar paydo bo‘lishi xavfi mavjud.
«Agarda timsohlar fermadan qochib daryoga tushib ketishsa nima bo‘lishini o‘ylashni istamayman – bu xalqaro nizoga sabab bo‘ladi», — dedi Iordan daryosi vodiysi hududiy kengashi raisi David Elxayani.
Hozirda fermada tisohlarni boqish bilan bir nafar xodim shug‘ullanadi, ammo u ko‘plab timsohlarni nazorat qilish imkoniyatiga ega emas. So‘nggi bor 70ta timsoh qochib ketganida ularni tutish uchun uch kun vaqt ketgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
10:31 / 21.11.2024