Light | 20:10 / 11.08.2018
38194
3 daqiqa o‘qiladi
Apelsin haqida 18 ta qiziqarli fakt
Oramizda apelsinni biror marta iste'mol qilmagan odam bo‘lmasa kerak. Endi uning nafaqat ta'mini, balki unga oid qiziqarli faktlarni bilish vaqti keldi.
- Apelsin bu - gesperid rezavor meva turlaridan (teri bilan qoplangan rezavor meva) biri.
- Nordon apelsin taxminan 10 asrda Yevropa hududiga portugaliyalik dengizchilar, shirini esa 15 asrda genuyalik savdogarlar tomonidan keltirilgan.
- Dunyoda yetishtiriladigan jami apelsinlarning deyarli 20 foizi meva holida sotiladi va iste'mol qilinadi. Qolgan qismi esa sharbat, ekstrakt va konservalar ishlab chiqarishga ketadi.
- Apelsin daraxti yuz yilgacha umr ko‘rishi mumkin.
- Apelsinning «Vashington Navel» navida danaklar bo‘lmaydi, shuning uchun changlantirish yo‘li bilan ko‘paymaydi, faqat payvandlash orqali amalga oshiriladi.
- Bitta sitrus daraxtning 60 ming donagacha guli bo‘lishi mumkin, biroq bor-yo‘g‘i 1 foizidagina mevalar yetiladi.
- Apelsinning «Valensiya» navi bu mevaning dunyoda eng ko‘p tarqalgan navi sanaladi.
- Apelsinlar hosildorlik ramzi sanaladi. Doimo yashil tusdagi ushbu daraxt bir vaqtning o‘zida gullaydi, meva tugadi va barglarini to‘kadi.
- Bir dona apelsinda mavjud kletchatkaga ega bo‘lish uchun yetti likopcha makkajo‘xori bodroqlarini iste'mol qilish kerak.
- Dunyoda shokolad va vanildan keyin apelsin hidi eng yoqimli hid deya tan olingan.
- Apelsin – dunyoda eng keng tarqalgan sitrus.
- Apelsin daraxtlari ilk bor Xitoyda yetishtirilgan.
- Statistika bo‘yicha odam har yili taxminan 5,5 kg sitrus iste'mol qiladi, shuning katta qismini apelsinlar tashkil etadi.
- 18 asrda britaniyalik dengizchilar dengiz kasalligiga chalinmaslik uchun o‘zlari bilan kemaga karamdan tashqari, apelsin ham olishgan.
- Bir dona apelsin tarkibida S vitaminining kunlik normasi mavjud.
- Bir dona apelsin danagidan bir nechta daraxt o‘sishi mumkin.
- Ko‘pgina madaniyatlarda apelsin daraxti va uning mevalari muhabbat ramzi sanaladi. Rennesans davri suratlarida rassomlar sevishgan juftlikni apelsin daraxtlari orasida turgan holda tasvirlaganlar.