O‘zbekiston Misrdan 3 ming tonna apelsin sotib oldi
11 oyda 8,4 ming tonna apelsin import qilingan.

Foto: Getty Images
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 5,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 8,4 ming tonna apelsin import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, apelsin importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,8 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p apelsin import qilgan davlatlar orasida Misr birinchi o‘rinni egalladi – 3 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Eron – 2,4 ming tonna;
- Turkiya – 1,4 ming tonna;
- JAR – 998,5 tonna;
- Qozog‘iston – 356 tonna;
- Xitoy – 71 tonna;
- Rossiya – 25,5 tonna.
Mavzuga oid

14:05 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda

12:58 / 03.05.2025
Misrda o‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etilishi mumkin

11:11 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin

14:53 / 31.03.2025