Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaspiy bo‘yi mamlakatlari Eron yadroviy shartnomasini qo‘llab-quvvatlaydi
Kaspiy bo‘yi davlatlari yetakchilari Eron yadroviy shartnomasi bo‘yicha keng qamrovli Qo‘shma xatti-harakatlar rejasi (QXHR)ni himoyalash istagini tasdiqlashdi. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy shu mazmunda bayonot bildirdi.
"Kaspiy bo‘yi mamlakatlari savdo-iqtisodiy munosabatlar bilangina cheklanib qolmay, alohida mamlakatlarda kuzatilayotgan bir tomonlama xatti-harakatlarga nisbatan munosabat bildirayotgani juda quvonchli, - dedi u. - Kaspiy bo‘yi mamlakatlari QXHRni qadrli xalqaro kelishuv sifatida himoya qilmoqda".
May oyida Amerika prezidenti Donald Tramp AQShning QXHRdan chiqayotgani haqida ma'lum qilib, nafaqat Eronga eski sanksiyalarni qaytarishi, balki yangi sanksiyalar kiritishga ham va'da bergandi. U Vashington QXHR o‘rniga yangi kelishuvni imzolashga tayyor ekaniga ishontirib, bunda Eronga muayyan shartlarni qo‘ygan.
QXHR 2015 yilda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolari, Germaniya va Eron tomonidan tuzilgan. Bu kelishuv o‘z vaqtida AQSh va YeI tomonidan kiritilgan sanksiyalarni bekor qilish evaziga Tehronning yadroviy ishlanmalarini cheklashni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025