Jahon | 08:08 / 12.08.2018
64338
2 daqiqa o‘qiladi

Shoygu Germaniyani Rossiya bilan kuch orqali gaplashishdan ogohlantirdi

Foto: Mixail Mettsel/TASS

Rossiya me'yordagidek hamkorlikka tayyor, ammo unga nisbatan kuch nuqtai nazaridan munosabatlarga emas. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu "Rossiya 24" telekanali efirida ana shunday fikr bildirdi.

U Germaniya mudofaa muassasasi rahbari Ursula fon der Lyayyenning Moskva bilan "kuch tomonlama" muloqot qilish kerakligi haqidagi so‘zlariga ana shunday izoh berdi.

Shoygu tarixni esga olishga chaqirdi.

"Germaniyaning bizning mamlakatimizda qilgan ishlaridan keyin, menimcha, bu mavzuda yana 200 yil so‘z ochmaslik kerak edi", - dedi u.

"Kuch nuqtai nazaridan gaplashishga kelsak, yana o‘sha gap – tarixga qayting. Agar tarixni o‘qimasangiz – Rossiya bilan kuch tomonlama gaplashish qanaqa bo‘lishini bobolaringizdan so‘rang. Ular aytib berishsa kerak", - dedi Shoygu. 

Avvalroq, aprelda Ursula fon der Lyayyen Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish zarurligini gapirgandi. U shuningdek, "Moskva bilan muloqot vaqtida birlik va kuch pozitsiyasini egallashga tayyor turishimiz darkor" degandi.

Mavzuga oid