Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra, 2018 yilning 12 avgust kuni Toshkent shahar Olmazor tumani “Miskin” mahallasi Magazin Mavzuk ko‘chasi 99-A uyda yashovchi 1956 yil tug‘ilgan S.Bekxo‘jayevning uyini 250 kv.m. maydoni hamda qo‘shnisi, 1951 yil tug‘ilgan shaxs uyining 50 kv.m. maydoni tom va shift qismi yongan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, yong‘in haqida «101»ga xabar soat 22:31da tushgan va yong‘in joyiga soat 22:39da birinchi yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 23:15da o‘rab olinib, 00:00da o‘chirilgan.
Yong‘in sababi aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:49 / 19.05.2025