Jahon | 23:59 / 14.08.2018
6681
1 daqiqa o‘qiladi

Genuyada ko‘prik qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetdi

Foto: AP Photo / Vigili Del Fuoco

Italiyaning Genuya shahrida avtomobil ko‘prigining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetdi. Bu haqda jurnalistlarga halokat joyida ish olib borayotgan Italiya yong‘in xizmati vakili ma'lum qildi.

Avvalroq Italiya transport va infrastruktura vaziri o‘rinbosari Edoardo Riksi ko‘prik qulashi natijasida 22 kishi halok bo‘lganini bildirgandi. 
Fuqaro mudofaasi milliy xizmati rahbari Anjyelo Borrelli kamida 10 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotganini, 13 kishi esa jarohatlanganini qayd etdi.

Qayd etilishicha, balandligi taxminan 50 metr bo‘lgan ko‘prik daryoning ustidan o‘tgan, u yerda turar joylar, temir yo‘llari va sanoat zonalari joylashgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid