Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda litsey direktori va uning o‘rinbosari qo‘lga tushdi
Oliy ta'lim muassasalaridan birining qoshidagi Akademik litsey direktori – 36 yoshli Y.Alisher va uning o‘rinbosari – 49 yoshli M.Alisher 2 000 AQSh dollari evaziga ushbu ta'lim dargohiga o‘qishga olib kirib qo‘yishni va'da bergani haqida huquq-tartibot organlariga ma'lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
Shunga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi va Toshkent shahar IIBB JQB Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tezkor tadbir rejasi ishlab chiqilib, gumonlanuvchi shaxslar talab qilingan xorijiy valyutani olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov ishi olib borilmoqda va gumonlanuvchilarning shu turdagi boshqa jinoiy ishlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra jinoyatning asl sabablari va omillariga aniqlik kiritiladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025