Yuliya Timoshenkoni Tutanxamon bilan tenglashtirishdi
Ukrainalik siyosatshunos Aleksandr Dudchak «Batkivshchina» siyosiy partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenkoning bayonotiga izoh berdi, deb xabar qilmoqda NSN.
Uning fikricha, Timoshenkoning so‘zlarini chiroyli tashviqot bayonotlaridan boshqa hech narsa emas.
«Agar u Tutanxamonning o‘rnida bo‘lganida, o‘zi hammasini battar kuchaytirib yuborardi. Agar u Ukrainaning hozirgi rahbariyati o‘rnida bo‘lganida, u xuddi shu narsani amalga oshirardi, ehtimol, buni yanada qattiqroq qilardi. Umuman olganda, u o‘zi tanqid qilgan shaxslardan ko‘p narsa bilan farq qilmaydi», - deya ma'lum qildi Dudchak.
Bundan oldin Timoshenko Ukraina aholisining og‘ir ahvoli haqida ma'lum qilib, ularni Qadimgi Misr qullariga tenglashtirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi hokimiyatning aholiga nisbatan munosabati «masxarabozlikdir».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili AQShda Poroshenkoga qarshi jinoiy ishlar ochilganini bildirgandi.
Mavzuga oid
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024