Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara oldi hududlarini almashmoqda
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha navbatdagi muzokaralar bosqichini tugalladi. "Interfaks" shu haqida xabar berdi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qora-Suy tumaniga tegishli “Barak” eksklavi O‘zbekistonga o‘tadigan bo‘ldi, o‘z o‘rnida O‘zbekiston esa O‘sh viloyati, Qorasuv tumaniga tutash Oqtosh qishloq boshqaruvidagi teng yer maydonini Qirg‘izistonga taqdim etadi.
Xabarda aytilishicha, mahalliy aholi komissiya qaroriga rozilik bildirgan.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegara delimitatsiyasi jarayonini 2018 yilda tugallash rejalashtirilmoqda, 2019 yilda esa demarkatsiyaga kirishiladi. Bugunga qadar chegaraning 85 foizi delimitatsiya qilingan.
Chegarani demarkatsiya va delimitatsiya qilish davlatlararo komissiyaning so‘nggi uchrashuvi 1-7 avgust kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan edi. Komissiya kun tartibida hali yana ikkita anklav masalasini ko‘rib chiqish turibdi: Shoximardon va G‘aznov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida so‘nggi 10 yil davomida ilk bor ijobiy natijaga o‘tgan yil Davlat chegarasi haqidagi dastlabki shartnoma imzolanganidan keyin erishilgan edi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:42 / 20.05.2025