O‘zbekiston | 17:03 / 15.08.2018
12638
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Serjo Mattarellaga ta'ziya izhor etdi

Foto: RIA Novosti / Karlo Alberto Alessi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Genuya shahri yaqinidagi avtomobil ko‘prigi qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Italiya Respublikasi prezidenti Serjo Mattarellaga ta'ziya izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq, Italiyaning Genuya shahrida avtomobil ko‘prigining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetgani xabar berildi. Fuqaro mudofaasi milliy xizmati rahbari Anjyelo Borrelli kamida 10 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotganini, 13 kishi esa jarohatlanganini qayd etdi.

Qayd etilishicha, balandligi taxminan 50 metr bo‘lgan ko‘prik daryoning ustidan o‘tgan, u yerda turar joylar, temir yo‘llari va sanoat zonalari joylashgan.

Mavzuga oid