O‘zbekiston | 09:17 / 17.08.2018
60191
1 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon Toshkentga yetib keldi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 17 avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Emomali Rahmon Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Gul qo‘yish marosimidan so‘ng Ko‘ksaroyda davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, so‘ng keng doirada o‘tkaziladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid