Qirg‘iziston voyaga yetmaganlar nikohi soni ko‘pligi bo‘yicha yuqori uchlikka kiritildi
Nikoh ro‘yxatidan o‘tgan voyaga yetmagan kelinlar soni voyaga yetmagan kuyovlar sonidan qariyb 20 baravarga ko‘pdir. 15-19 yoshli qizlarning nikohdan rasman o‘tish holatlari bo‘yicha eng baland ko‘rsatkich Albaniya (27,2%), Turkiya (23%) va Qirg‘izistonda (19,1%), eng past ko‘rsatkich esa Qozog‘iston (0,9%), Ukraina (2,2%) va Serbiyada (5,9%) qayd etildi, deyiladi BMT Aholishunoslik fondining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi erta nikoh bo‘yicha hisobotida.
Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Serbiya va Turkiyada o‘tkazilgan so‘rovlarda qatnashgan barcha voyaga yetmagan kelinlar uydagi og‘ir mehnat va oilaning barcha a'zolariga xizmat qilish ularning zimmasida ekanligini hamda oilalarida ularning fikrlari hech qanday ahamiyatga ega emasligini aytishgan.
Mavzuga oid
13:51
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024