Jamiyat | 13:52 / 17.08.2018
8786
1 daqiqa o‘qiladi

Mahalladoshining umriga zomin bo‘lgan shaxs ushlandi

14 avgust kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi S.A. o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi I.A.ning boshiga tayoq bilan urib, jarohat yetkazgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada I.A. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. S.A. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid