Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muz ustida figurali uchish bo‘yicha barcha rekordlar yangidan qayd qilinadi
Xalqaro konki uchuvchilar ittifoqi (ISU) ayni vaqtgacha muz ustida figurali uchish bo‘yicha o‘rnatilgan barcha rekordlar “nollashtirilib”, yangidan qayd qilinishini e'lon qildi.
Tashkilot saytida tushuntirilishicha, endilikda bu rekordlar “tarixiy” rekordlar toifasiga kiritiladi. Bu 2018/2019 yillardagi yangi mavsumdan sportchilar chiqishlarini baholashning yangi shkalasi kiritilayotgani bilan bog‘langan. Endi sportchilar bajaradigan har bir element sofligi -5 dan +5 ballgacha shkala bo‘yicha baholanadi. Avval bu shkala -3 dan +3 gachani tashkil qilgan.
Shu sababli, yangi mavsum boshida talaygina yangi rekordlar o‘rnatilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
23:10 / 07.08.2024
Amerikalik sportchilarga Pekin Olimpiadasi oltin medali Parijda topshirildi
15:38 / 25.03.2024
O‘zbekistonlik sportchilar oilasida tug‘ilgan figurali uchuvchi jahon rekordini o‘rnatdi
16:54 / 25.02.2020
Planka mashqida jahon rekordi yangilandi. Rekordchi 62 yoshda
12:50 / 26.11.2018