Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik sportchilarga Pekin Olimpiadasi oltin medali Parijda topshirildi
Rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valiyeva doping uchun diskvalifikatsiya qilinganidan keyin mukofot amerikalik sportchilarga berildi.
Parijda Pekin-2022 qishki olimpiadasi figurali uchish bo‘yicha jamoaviy turniri oltin va kumush medallarini qayta topshirish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda WSJ xabar berdi.
7 avgust kuni Eyfel minorasi yonidagi Chempionlar bog‘ida to‘qqiz nafar amerikalik sportchiga oltin, yetti nafar yaponiyalik sportchiga kumush medallar berildi. Taqdirlash marosimi kamtarona o‘tkazildi, unda shohsupa yoki davlat bayroqlari yo‘q edi, deb yozdi nashr.
Pekin olimpiadasining figurali uchish bo‘yicha jamoaviy turnirida aslida Rossiya milliy jamoasi g‘olib bo‘lgan edi. Biroq, milliy jamoa a’zosi Kamila Valiyeva doping sinamasida trimetazidin taqiqlangan preparati borligi aniqlandi.
2024 yil yanvarida doping bilan bog‘liq ish Sport arbitraj sudida ko‘rib chiqildi. Valiyeva 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Uning to‘plagan ochkolari Rossiya milliy jamoasi hisobidan olib tashlandi. Oqibatda, Rossiya milliy jamoasi birinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa tushib ketdi. AQSh birinchi, Yaponiya ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Shunday bo‘lsa-da, Parijdagi taqdirlash marosimiga rossiyalik sportchilar taklif etilmadi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bronza medallar Moskvaga yuboriladimi yoki keyinroq topshiriladimi, degan savolga javob bermadi, deb yozdi WSJ.
Mavzuga oid
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev
21:04 / 07.09.2024
Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi
14:53 / 06.09.2024