Sport | 08:52 / 18.08.2018
10777
2 daqiqa o‘qiladi

UFC mashhur jangchisi g‘orda cho‘kib ketishiga bir baxya qoldi

Foto: Paul Miller/USA TODAY Sports

Mutlaq jangchilar chempionatida (UFC) yarim o‘rta vazn toifasida ishtirok etuvchi amerikalik jangchi Donald Serrone sportning ekstremal turlariga bo‘lgan qiziqishi tufayli hayotdan ko‘z yumishiga bir baxya qoldi.

Sportchining instagramdagi sahifasida yozishicha, suvga muvaffaqiyatsiz sakrash uning uchun oxirgisiga aylanishi mumkin edi.

«Bugun tirik qolganimdan xursand ekanim haqida rost aytishim mumkin. Suvga sakrash vaqtida barcha ehtimoliy vaziyatlardan eng yomoni yuz berdi.

Loyqa ko‘tarildi, men g‘orda o‘zimni va do‘stimni yo‘qotib qo‘ydim, hattoki o‘z qo‘llarimni ham ko‘ra olmadim, bu hayotimdagi eng qo‘rqinchli lahza edi.

O‘g‘limni, rafiqamni esladim, ularga xavotir olmasdan o‘tirishlari haqida tayinlaganimni yodga oldim! Men buni boshimdan o‘tkazdim va uyga qaytmoqdaman!» - deyiladi xabarda.

 

A post shared by Donald Cerrone (@cowboycerrone) on

35 yoshli Serrone MMA’da 45ta jang o‘tkazib, ularning 33tasida g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid