Jahon | 23:54 / 19.08.2018
18436
1 daqiqa o‘qiladi

“Tolibon” Qurbon hayiti munosabati bilan asirlarni ozod qilmoqchi

Foto: AP/ Rahmat Gul

“Tolibon” harakati Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani tomonidan e'lon qilingan bir tomonlama yarashuvga javob bermagan bo‘lsa-da, 20 avgustda asirda ushlab turgan yuzlab odamlarni qo‘yib yuborishini ma'lum qildi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar bermoqda.  

Avvalroq G‘ani kirib kelayotgan Qurbon hayiti sharofati tufayli toliblar bilan 3 oyga o‘t ochish to‘xtatilishini e'lon qilib, “Tolibon”ni ham shunday yo‘l tutishga chaqirgandi.

Toliblarning tushuntirishicha, asirlar hayit bayrami quvonchini o‘z oilalari va yaqinlari bilan birga bo‘lisha olishlari uchun ozod qilinishadi. 

Mavzuga oid