Sport | 20:14 / 21.08.2018
13960
1 daqiqa o‘qiladi

Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida suzish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Foto: RIA "Novosti"

Xitoylik suzuvchi Lyu Syan Jakartada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida 50 metrga chalqancha suzish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda TASS.

U belgilangan masofani 26,98 soniya ichida suzib o‘tdi. Ushbu masofaga suzish bo‘yicha avvalgi rekord xitoylik yana bir suzuvchi Chjao Tszinga tegishli bo‘lib, u 2009 yili Rimda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 27,06 soniya natija ko‘rsatgandi.

2015 yilda suv sporti turlari bo‘yicha Qozonda o‘tkazilgan jahon chempionatida Lyu Syan bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid