Jahon | 16:33 / 23.08.2018
16996
2 daqiqa o‘qiladi

Skripallarning qarindoshi bayonot berdi: ular vafot etgan bo‘lishi mumkin

Foto: REUTERS / Tatyana Makeyeva

Solsberidagi zaharlanish natijasida jabrlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning jiyani Viktoriya so‘zlariga ko‘ra, Sergey va uning qizi iyul oxiridan beri o‘zlari haqida bironta xabar berishmagan. Bu haqda RIA «Novosti» ma'lum qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Yuliya Skripal oxirgi marta iyul oyi oxirida buvisining tug‘ilgan kuni munosabati bilan qarindoshlariga qo‘ng‘iroq qilgan. Viktoriyaning so‘zlariga ko‘ra, qarindoshlarda Skripalning og‘ir holatda ekani yoki vafot etgani borasida shubhalar paydo bo‘lgan.

«Nega biz shunday fikrdamiz? Chunki Yuliya uch kundan so‘ng otasi qo‘ng‘iroq qila olishi, unda bunga katta xohish borligini aytgandi», - deya ma'lum qildi Viktoriya Skripal. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘sha vaqtdan beri jabrlangan qarindoshlaridan hech qanday qo‘ng‘iroq bo‘lmagan. Shuningdek, uning e'tibor qaratishicha, matbuotda ham Sergey Skripalning fotosurati paydo bo‘lmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya AQShga «Skripallar ishi» bo‘yicha taklif bilan chiqqani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid