Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘simliklaringizni parvarishlaydigan robot borligini bilasizmi?
XXI asrda robotlarni hayotimizning barcha sohalarida uchratish mumkin. Hatto robot-qahva mashinalar va robot-changyutgichlar ham mavjud. Ularning asosiy vazifasi – zamonaviy inson hayotini yengillashtirish. Yaqinda xitoylik muhandis tomonidan xona o‘simliklariga g‘amxo‘rlik qiladigan robot yaratildi.

Ko‘pincha bandligingiz sabab gullarga keraklicha suv quymaysiz. Ko‘pchiligimiz esa uydagi o‘simliklardan voz kechamiz. Biroq nima uchun o‘zimizni bunday go‘zallikdan mosuvo qilishimiz kerak. Buni yordamchining o‘zi siz uchun bajaradi.
Robot doimo quyoshda bo‘ladi, agar nur qaynoq bo‘lsa, u soya joyga ketadi. Bundan tashqari, u odamlar hamda uy hayvonlari bilan o‘ynashi mumkin. Raqs tushishni ham yoqtiradi.

Kungaboqarga quyosh nuri yetmagani sabab, kungaboqarning nobud bo‘lishi muhandisda shu g‘oyani uyg‘otdi. Kashfiyotchi o‘simliklar kerakli sharoitga moslasha olganida yaxshi bo‘lar edi, degan qarorga keldi. Biroz vaqt o‘tgach, dunyoga o‘z kashfiyoti – o‘rgimchak panjasini esga soladigan olti oyoqli robotni namoyish qildi. Endi u o‘simlik yuzasi bo‘ylab harakatlanadi va issiqlik almashinuvini nazorat qiladi. Xona gullari ishtiyoqmandlari endilikda gulni qayerga qo‘yish haqida bosh qotirmasalar ham bo‘ladi. Bu vazifani aqlli robotga berish kifoya.
Mavzuga oid

08:50 / 16.05.2025
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi

10:37 / 20.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi

11:24 / 07.04.2025