Denis Istomin Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi
Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari doirasida yettinchi kun bahslari o‘tkazilmoqda.
Tennis bo‘yicha bahslarda Denis Istomin finalda xitoylik Yibing Vuni 2:6, 6:2, 7:6 hisoblarida mag‘lub etdi va Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston tennis jamoasi turnirda bitta medal bilan kifoyalandi.
Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 5taga yetdi. Ayni vaqtda Osiyo o‘yinlari umumiy reytingida O‘zbekiston delegatsiyasi 5 oltin, 10 kumush va 7 bronza bilan o‘ninchi o‘rinda joylashgan.
Yengil atletikaning balandlikka sakrash saralash bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Dmitriy Melsitov 2,15m natija ko‘rsatdi va finalga yo‘l oldi. Medallar uchun bahsi 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
15:02 / 20.08.2024
Avstraliya va Indoneziya mudofaa to‘g‘risida shartnoma tuzdi
11:00 / 14.06.2024
Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentda vafot etdi
18:14 / 10.06.2024
Indoneziyada besh metrlik bo‘g‘ma ilon ayolni butunlay yutib yubordi
10:51 / 11.03.2024