Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya uchar avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Foto: spothits
Yaponiya 2020 yilgacha 20ta yirik kompaniya bilan hamkorlikda uchar avtomobillarni ishlab chiqara boshlaydi. Bu haqda Bloomberg nashri yozmoqda.
Uber, Boeing, NEC, Toyota Motor, ANA, Japan Airlines va Yamato kompaniyalari ushbu masala bo‘yicha ilk uchrashuvlarini o‘tkazishadi.
Parvoz qiluvchi mashinalardan tabiiy ofatlar paytida foydalanilishi aytilmoqda. Mamlakat hukumati xorijda ham shu kabi texnologiyalarning faol rivojlanishi uchun ushbu g‘oyani tezroq amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Bundan avval xabar qilinganidek, Yaponiyada uchar avtomobillarning to‘liq miqyosdagi prototipini yaratish bo‘yicha faol harakat olib borilmoqda. Cartivator kompaniyasi Toyota Motors, NEC elektrotexnik kompaniyasi va boshqa milliy korporatsiyalar bilan ishlayapti. Konstruktorlarning aytishicha, mashina 10 metr balandlikda va soatiga 100 km tezlikda harakatlana oladi. Transport vositasi elektromobil ko‘rinishida bo‘ladi.
Mavzuga oid

14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi

15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi

11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

21:15 / 21.05.2025