Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018–2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:
respublikada madaniyat va san'atni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
madaniyat va san'at muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifat darajasini oshirish;
madaniyat va san'at muassasalari xodimlari malakasini oshirish.
Vazirlik va idoralar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan mas'ul ekanligi belgilab qo‘yildi.
Renovatsiya dasturini, “Yo‘l xaritasi”ni hamda respublikaning madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini yaratish maqsadida Jamg‘armaga lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish huquqi berildi.
Belgilab qo‘yilishicha:
lotereyalar tashkil etish va o‘tkazishdan tushadigan daromadlar Jamg‘armaning ixtiyorida qoladi va ulardan ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladi;
lotereya chiptalarini tarqatish va ular bo‘yicha yutuqlarni to‘lash Jamg‘arma bilan tuzilgan agentlik bitimlari asosida “O‘zbekiston pochtasi” AJ va aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi;
lotereya chiptalari reklamasi ijtimoiy reklama axboroti hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025